So’nggi yangiliklar

18:12Медаллар рейтинги: Осиё ўйинларининг саккизинчи кунидан кейин ҳам ўрнимизни сақлаб турибмиз 0 18:00Осиё ўйинларининг саккизинчи кунини тўртта медаль билан тугатдик: шулардан иккитаси олтин! 0 17:32"Ўзбекистонга қарши ўйинда гол уриб, жамоамни ғалаба сари етакламоқчиман" - Нвадике Уче 0 16:45Ўзбекистон - 46-Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси чемпиони! 0 16:40Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон сўнгги турда Украинани мағлуб этди ва чемпионликни қўлга киритди 0 14:06Нокаутларга бой ўтган UFC Vegas 121 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 12:37Расман! Маҳмуд Мурадов янги йил олдидан чемпионлик жанги ўтказади 0 11:42Формула-1. Жорж Расселл — Озарбайжон Гран-приси ғолиби! 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0

14 may 18:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Los-Anjeles-2028: XOQ World Boxing tomonidan taqdim etilgan saralash tizimini tasdiqladi

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi 2028 yilgi Olimpiya o'yinlariga saralash tizimini tasdiqladi.

Mazkur tizimni xalqaro World Boxing federaciyasi taqdim etgan.

Rasmiy malumotga ko'ra, Olimpiada tarixida ilk bor to'liq gender tengligi taminlanadi: erkaklar va ayollar ettitadan vazn toifasida medallar uchun bahs olib boradi. Umumiy ishtirokchilar soni 248 nafar sportchini tashkil etadi (erkaklar va ayollar o'rtasidagi musobaqalarda 124 nafardan).

Ishlab chiqilgan saralash tizimi bir nechta bosqichdan iborat. Bokschilar Olimpiada yo'llanmalari uchun uchta Jahon licenzion turniri va beshta qita musobaqasida kurash olib borishlari mumkin bo'ladi.

Saralash davriga 2027 yili Qozog'istonda o'tadigan World Boxing Jahon chempionatida start beriladi. SHundan so'ng 2027 va 2028 yillar davomida qitaviy turnirlar tashkil etiladi.

Saralash cikli 2028 yildagi ikkita jahon kvalifikaciya turniri bilan yakunlanadi. Yaqin vaqt ichida World Boxing musobaqalarni o'tkazish uchun arizalar qabul qilishni boshlaydi.

Takidlash joiz, World Boxing ham saralash jarayonini, ham Los-Anjelesdagi Olimpiya o'yinlaridagi musobaqalarni tashkil etishni nazorat qiladi. 

Olimpiada-2028 da boks bo'yicha medallar quyidagi vazn toifalarida o'ynaladi:

Erkaklar:
55 kg gacha
60 kg gacha
65 kg gacha
70 kg gacha
80 kg gacha
90 kg gacha
90 kgdan yuqori.

Ayollar:
51 kg gacha
54 kg gacha
57 kg gacha
60 kg gacha
65 kg gacha
70 kg gacha
75 kgdan yuqori.

2028 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlari AQSHning Los-Anjeles shahrida 2028 yil 14–30 iyul kunlari bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

   
14 may 19:37:39
.Sherzod.
Эркакларда 75 кг қўшиш керак эди
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing