18 avg 12:58
Yangiliklar

Lu Dibella Madrimovni tabrikladi, Eddi Xirn esa unga javob qaytardi
Ushbu jang borasida taniqli promouter Lu Dibella tvitterda fikr qoldirdi.
"Madrimovni tabriklayman. Men Erik Uolker bilan faxrlanaman. U haqiqatdan ham chempionlikka davogar va chin yurakdan, professional sifatida oxirigacha kurashdi".
Ushbu tvitga Madrimov bilan hamkorlik qilayotgan promouter Eddi Xirn javob qaytardi:
"Ajoyib urinish Lu. U yana shouda ishtirok etishini istardim, chin ko'ngildan".
Mazkur suhbatga Erik Uolker ham qo'shildi.
"DAZN shousida yana o'z imkoniyatlarimni namoyish etish imkoniyatidan va qaytishdan xursand bo'lardim".
Promouter Vadim Kornilov esa quyidagi fikrlarni bildirdi.
"Referini jazolash kerak. U jang davomida Erik Uolkerga yordam berishga harakat qildi va unga zarar etkazdi. Erik Uolker haqiqiy jangchi va chempion nomiga loyiq emas".
Fikrlar