08 may 12:04
Yangiliklar
Futbol
Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi
PSJ ustozi Luis Enrike jamoasining yarim finaldan o'ta olmagani haqida fikr bildirdi.
«Futbol adolatsiz! SHu tarzda mag'lub bo'lish juda alamli. Ikkita o'yin davomida futbolchilarim olti marta raqib darvozasining ustunini poylashdi. Bugungi bahsda raqib darvozasiga 31 ta zarba berildi. SHuncha hujumdan hech biri raqib darvozasining ishg'ol qilinishi bilan yakunlanmadi. Bunga ishonish qiyin, biroq bu — futbol.
Raqibni finalga yo'l olgani bilan tabriklayman. ECHLda raqobat kuchli va mag'lubiyatimizni tan olamiz. Tezroq o'zimizga kelishga harakat qilamiz», — dedi PSJ ustozi.
Havola :
Manba : L’Equipe
Fikrlar