05 mar 12:44
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/29717_220.jpg)
Luis Ortis: “G'alabam uchun bir necha soniya etmay qoldi”
Kubalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Luis Ortis jahon chempioni Deontey Uaylderdan qabul qilib olingan mag'lubiyatga izoh berdi.
Ortis jangning o'ninchi raundida texnik nokaut evaziga WBC chempioni Uaylderga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
“O'ylaymanki, o'ninchi raundgacha bo'lgan vaqtda men ochkolar hisobiga ko'ra oldinda borayotgandim (hakamlar xulosasiga ko'ra Uaylder 85-84 hisobida oldinda edi).
Lekin bu superog'ir vazn toifasi, unda oldindan natijani aytib bo'lmaydi. Men Deonteyni deyarli nokaut qilish darajasiga olib kelib qo'ygandim. Ishni yakunlab qo'yishim uchun qandaydir soniyalar etmay qoldi”, — dedi Ortis.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar