24 avg 11:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Luis Ortis ortiq Golden Boy bilan hamkorlik qilmaydi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA yo'nalishi vaqtinchalik chempioni Luis Ortis Golden Boy promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini uzdi.
Kubalik bokschi 17 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida rossiyalik Aleksandr Ustinovga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi. Endi ushbu jang sanasi o'zgartiriladi.
Bir muddat avval Rossiyaning “Mir Boksa” promouterlik kompaniyasi 600
ming dollar evaziga ushbu jangni tashkil etish huquqini sotib olgan edi. Rejaga
ko'ra, Ortis - Ustinov jangi 7 oktyabr kuni Moskva shahrida o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar