22 dek 20:39
Yangiliklar
Futbol

Luis Suaresning "Inter Mayami" bilan shartnomasi tafsilotlari malum
"Gremio" hujumchisi Luis Suares faoliyatini "Inter Mayami"da davom ettiradi.
Malumotlarga ko'ra, forvard Amerika klubi bilan og'zaki kelishuvga erishgan va bugun qo'shma shtatlarga etib borgan. Yaqin soatlarda tomonlar zarur hujjatlarni imzolashi kutilmoqda.
Suares "Inter Mayami" bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnomaga imzo chekadi.
Havola :
Manba : Фабрицио Романо
Fikrlar