03 fev 11:51
Yangiliklar
Formula-1
Lyuis Xemilton Kim Kardashyan bilan uchrashishni boshladi - The Sun
The Sun nashrining xabar berishicha, etti karra Formula-1 chempioni, "Ferrari" poygachisi Lyuis Xemilton amerikalik televidenie yulduzi va aktrisa Kim Kardashyan bilan uchrashmoqda.
Xabarlarga ko'ra, ular ikkisi dam olish kunlarini Buyuk Britaniyada o'tkazgan.
Manbaga ko'ra, Kardashyan Los-Anjelesdan (AQSH) shaxsiy samolyotda uchib kelgan va Oksfordshirdagi hashamatli Estelle Manor qishloq mulkida qolgan. Keyinchalik, Xemilton unga qo'shilib, Londondan vertolyotda kelgan. Insayderlarning takidlashicha, juftlik yolg'iz vaqt o'tkazgan.
Uchrashuv maxfiy bo'lib, kuchli xavfsizlik choralari ko'rilgan va ijtimoiy tarmoqlarda postlar bo'lmagan. Xemilton ham, Kardashyan ham ehtimoliy munosabatlar haqidagi xabarlarga ochiqchasiga izoh berishmagan.

Havola :
Manba : The Sun
Fikrlar