29 apr 09:16
Yangiliklar
Tennis

Madrid (WTA 1000). Mirra Andreeva 1/4 finalda o'ynaydi
Ispaniyaning Madrid shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning ettinchi raketkasi Mirra Andreeva 1/8 final uchrashuvida WTA reytingining 99-pog'onasida borayotgan ukrainalik Yuliya Starodubcevani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/4. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
To'qson besh daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennis malikasi ham eys zarbasini amalga oshira olmadi. Qo'shxatolar Andreevada "ko'proq" bo'ldi - 4 ga 2. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik ham Mirra tomonida bo'ldi - 3 ga 0! Endi rossiyalik tennischi 1/4 finalda amerikalik Koko Goffga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar