22 mar 12:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Madrimovning vaznidagi Fundora qaytmoqda, u ertangi jangi oldidan taroziga chiqdi
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi professional boks turniri o'tkaziladi.
Oqshomning asosiy jangida birinchi o'rta vazn toifasida WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Sebastyan Fundora davogar CHordeyl Bukerga qarshi ringga ko'tariladi. Ertangi jang oldidan bokschilar tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi.
Har ikki bokschi ham tarozida belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Fundora — 69,3 kg; Buker — 69,2 kg vazn qayd etdi.
Malumot uchun, Fundora o'zining so'nggi jangini 2024 yilnnig mart oyida endilikda birinchi o'rta vaznda sobiq jahon chempioni Timofey Czyuga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongandi. Buker esa o'tgan yilning iyunida Demen CHavesni uchinchi raundda texnik nokautga uchratan edi.
Havola :
Fikrlar