16 okt 17:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Maftunkor "Amazonka" faoliyatidagi 11-jangini o'tkazdi + FOTO
Rossiyaning Qozon shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshom doirasida beslanlik maftunkor bokschi Fatima "Amazonka" Dudieva urugvaylik Soledad Makedoga qarshi ringga ko'tarildi. Sakkiz raund to'liq davom etgan jangda Dudieva hakamlarning bir ovozdan chiqargan qaroriga ko'ra g'alaba qozondi. Uchchala hakam ham bir xil 80–72 hisobidagi g'alabani Fatimaga taqdim etgan.
Malumot uchun, Fatima Dudievaning murabbiylaridan biri hamyurtimiz Ruslan CHagaev hisoblanadi. Bu "Amazonka"ning faoliyatidagi 11-jangi bo'lib, osetiyalik ularning barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
O’xshash yangiliklar
14:31
Abbosbek Fayzullaev o'zaro o'yinda O'zbekiston Rossiyani mag'lub etadimi degan savolga javob berdi 0
Fikrlar