07 okt 14:19
Yangiliklar
Mag'lubiyatsiz UFC jangchisi Dog'istonga borib shug'ullanish niyati jiddiy ekanini aytdi
UFC`da 93 kg gacha bo'lgan vazn toifasida ishtirok etuvchi Navaho Stirling Dog'istonda shug'ullanishga jiddiy bel bog'laganini malum qildi.
"Men jon deb Dog'istonga borgan bo'lardim... Ko'ryapsizmi, Islam Maxachev takliflar bilan murojaat qilyapti, lekin amerikaliklardan hech kim buni qabul qilmayapti. SHunday takliflardan birini Maxachev Demetrius Jonsonga yuborgandi. Ularning barchasining farzandlari bor [shuning uchun bu yigitlar rad etishmoqda]. Lekin, birodar, menda ular yo'q. Agar bu yigitlar menga qachondir [Dog'istonga borib shug'ullanish bo'yicha] taklif bildirishsa, albatta, ikki-uch yilga emasu, lekin boshlanishiga ikki-uch haftaga borishim mumkin", — deya Stirlingning so'zlarini keltirdi jurnalist Ariel Xelvani o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Navaho MMA`dagi debyutini 2019 yilda o'tkazgan. Stirling o'zining professional rekordida 11 ta g'alabaga ega (shulardan ettitasi nokaut bilan) va hozircha biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan.

Fikrlar