So’nggi yangiliklar

16:45World Boxing беларуслик боксчиларга қўйилган чекловларни бекор қилди, россияликлар эса... 0 16:16"Ман Сити" "Реал" қизиқаётган футболчи билан шартномани бир йилга узайтиришга яқин 0 15:41Камару Усман: "Чимаев ҳозир Анкалаев ёки Прохазкага қарши жанг қилиши керак эмас" 0 15:17Бокс бўйича Ўзбекистон U-17 терма жамоаси энг кўп финалчи билан финалга етиб келди 0 14:39Василий Ломаченко фаолиятини қайта тиклайди — The Ring 0 14:12ПСЖ сафида яна битта россиялик пайдо бўлиши мумкин 0 13:47Камару Усман Чимаевни ютқазмаган деб ҳисоблашини айтди 0 13:23Холмурод Нурматов мағлубиятига қарамай, ACA рейтингидаги ўрнини сақлаб қолди 0 12:58Расман: Чимаев Диллон Дэнис билан жанг қилади 0 12:34Мессининг "Интер Майами" билан янги шартномаси бўйича маоши маълум бўлди 0 12:09Санжар Зокиров: "ONE FC менга уч марта чемпионлик жангини таклиф қилди, лекин..." 0 11:43Царукян Чимаевга мурожаат қилди 0 11:18"АҚШни намоён қилишни истайман". Стрикленд Оқ уйдаги турнирида қатнашмоқчи 0 10:50U-17 Осиё кубоги. Бугун Австралияга қарши баҳс олиб борамиз 0 10:42Ёш каратэчиларимиз Филиппинга жўнаб кетишди 0

13 mar 18:13
Yangiliklar

Boks/MMA

Magomed Ankalaev bugungi g'alabasidan so'ng bayonot berdi

Teglar :  Magomed Ankalaev
Yarimog'ir vazn toifasida UFC jangchisi Magomed Ankalaev chempionlik tituli uchun etarlicha harakat qilganini takidladi.

"G'alaba qozonganimdan xursandman, ammo jang biroz zerikarli bo'ldi. Ehtiyotkorlik qildim, sababi Santos juda kuchli zarba yo'lladi, shuning uchun, jangimdan unchalik qoniqmadim. Boshqa tomondan olib qaraganda, bu jangda o'zimni sinab ko'rdim — anchadan beri besh raund jang qilishni, butun masofani his qilishni xohlardim va bugun bunga erishdim. 

Bu mening ilk katta jangim edi, masuliyat katta edi. Men yaxshi harakat qildim va buni uddaladim. O'ylashimcha, endi biz katta chaqiruvlarga tayyormiz", - deya takidlagan rossiyalik jangchi turnir yakunidagi matbuot anjumanida.

Ankalaev navbatdagi raqibi sifatida Glover Teysheyra - Irji Proxazka juftligi g'olibini ko'rishni xohlayapti. Lekin tashkilot rahbariyati qaror qilsa, u nomzod jangini ham qabul qilishga tayyor.

"Albatta, titul uchun jang qilishni xohlayman, lekin bu UFC va menejerimga bog'liq. Titul uchun jang qilishga loyiqmiz deb umid qilaman. Yarimog'ir vazn toifasida ketma-ket 8 g'alaba — bu juda qiyin. Bu erda kuchli jangchilar bor, o'ylaymanki, men titul uchun jangga loyiqman. Umid qilamanki, UFC meni bundan ayirmaydi.

Agar titul uchun jang qilmasam, keyingi jangim nomzodlar bilan bo'ladi. Ushbu holatda har qanday chaqiruvni qabul qilaman", - deya so'ziga yakun yasadi Ankalaev.

Eslatib o'tamiz, Magomed Ankalaev bugun Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 203 turnirida titul uchun sobiq davogar Tiago Santos bilan jang qilib, ochkolar evaziga g'alaba qozondi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing