14 jan 09:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Magomed Ankalaev jang yakunidan so'ng nimalar dedi?
Jonni Uokerni mag'lub etgan Magomed Ankalaev navbatdagi jangini chempionlik uchun o'tkazmoqchi.
"Men birinchi jangdan so'ng revansh berishlarini va tugallanmagan ishni yakunlab qo'yishim kerakligini aytgandim. Men tayyor edim. Bugungi g'alabam orqali chempionlik uchun loyiqman deb o'ylayman. Ko'pchilik menga qarshi jangda nimadir o'ylab topishga harakat qiladi, biroq men oktagonga kirganimdan so'ng hech kim hech nima qila olmaydi.
Jonniga nisbatan hech qanday yomonligim yo'q, avvalgi jangda ozgina xatoga yo'l qo'ydim. Keyingi jangim chempionlik uchun bo'lishi kerak".
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar