20 dek 13:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Magomed Ankalaev Pereyraning jangni rad etganiga bitta so'z bilan munosabat bildirdi
Yarimog'ir vazn toifasi UFC reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Magomed Ankalaev divizion chempioni Aleks Pereyraning jangdan voz kechganini etiborsiz qoldirmadi.
Braziliyalik chempion keyingi jangini rossiyalik aralash yakkakurash ustasi bilan o'tkazmasligini aytgandi.
"Jo'ja!", - deya birgina so'z bilan o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida munosabat qoldirgan Ankalaev.
Malumot uchun, Magomed Ankalaev 26 oktyabr kuni Abu-Dabida o'tgan UFC 308 turnirida avstriyalik Aleksandr Rakichni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi. Aleks Pereyra esa 5 oktyabr kuni Solt-Leyk-Sitida UFC 307 turniri doirasida amerikalik Xalil Rauntrini to'rtinchi raundda texnik nokautga uchratgandi. Bu uning uchinchi chempionlik himoya jangi edi.
Havola :
Fikrlar