27 okt 09:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Magomed Ankalaev UFC kamari uchun jang qiladi
Kecha Abu-Dabida o'tgan UFC 308 turnirining asosiy kardida rossiyalik Magomed Ankalaev avstriyalik Aleksandr Rakichni ochkolar evaziga mag'lub etgandi.
UFC rahbari Dana Uayt turnirdan keyingi matbuot anjumanida Ankalaevning jangidan ko'ngli to'lgani, u chempionlik jangi uchun munosib ekanini aytdi.
"Ha, u bugun yaxshi jang namoyish qildi. Munosib ishtirokni tan olish kerak. Magomed chempion Aleks Pereyrani oktagonga chorlashga haqli", - dedi Uayt jurnalistning Ankalaevga chempionlik jangi taqdim etiladimi degan savoliga javob berib.
Uchchala hakam ham bir xilda 29:28 hisobidagi g'alabani Magomedga taqdim etgandi. Ayni paytda rossiyalik aralash yakkakurash ustasi yarimog'ir vazn toifasi reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar