23 mar 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Magomed Ankalaevning navbatdagi raqibi elon qilindi
UFC yarimog'ir vazn toifasi reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan Magomed Ankalaevning navbatdagi raqibi malum bo'ldi.
Ankalaev iyul oyida UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar Entoni Smitga qarshi oktagonga chiqadi. Smit ayni paytda reytingning beshinchi pog'onasidan joy olgan.
Eslatib o'tamiz, o'n kun avval 29 yoshli Magomed Ankalaev UFC`dagi g'alabali seriyasini 8 ta jangga etkazib olgandi. U besh raund davom etgan jangda Tiago Santosni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgani edi.
33 yoshli Entoni Smit esa so'nggi jangida Rayan Spenni bo'g'ish usuli bilan taslim etgan va g'alabali seriyasini uchtaga etkazib olgandi.
Havola :
Fikrlar