27 fev 08:24
Yangiliklar

Mahmud Muradov bilan jang qilishi kerak bo'lgan Cirkunovni nokautga uchratishdi + FOTO
Oqshomning markaziy jangida rossiyalik 30 yoshli Islam Maxachev amerikalik 35 yoshli Bobbi Grinni birinchi raundning o'zida texnik nokautga uchratdi. Turnirning ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangida latviyalik o'rta vazn toifasi vakili Misha Cirkunov braziliyalik Vellington Turmanga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Aslida bugun Misha Cirkunov - Mahmud Muradov jangi bo'lishi kerak edi. Lekin hamyurtimizning mashg'ulot chog'ida qo'lidan jarohat olgani sababli uning o'rnini Turman egallagandi. Vellington ikkinchi raundda tirsakda yo'llagan zarbasi evaziga latviyalik raqibini nokautga uchratdi. Bu Misha Cirkunovning qatorasiga qabul qilgan uchinchi mag'lubiyati bo'ldi.
Jang to'xtatilgan vaqtgacha hakamlar qo'ygan baho
Vellington Turman jangdan keyingi matbuot anjumanida
Fikrlar