24 avg 19:01
Yangiliklar

Mahmud Muradov jangga tayyorgarlikning so'nggi bosqich rejalarini elon qildi
Hamyurtimiz shu kuni polshalik Krishtof Jotkoga qarshi jang o'tkazadi. Ayni paytda Muradov Praga shahrida bo'lajak jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda. U jangga tayyorgarlikning so'nggi bosqich rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Monster MMA jamoamiz bilan o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettiryapmiz. SHu haftada Polshaga yo'l olamiz va u erda bir oy davomida mashg'ulot o'tkazamiz. Sizlarni yana bir chiroyli g'alaba bilan xushnud etish uchun astoydil harakat qilaman. Oktagonga qaytishimni intiqlik bilan kutyapman", - dedi Muradov.
Malumot uchun, yarim engil vazn toifasi jangchilari - Brayan Ortega va "Koreyalik Zombi" laqabi bilan tanilgan CHon CHan Son ham aynan Mahmud Muradov bilan bir oqshomda o'zaro jangda oktagonga chiqishadi.
Fikrlar