So’nggi yangiliklar

19:02The Ring. Шаҳрам Ғиёсовнинг вазнида Хэйни биринчи ўринга кўтарилиб олди 0 18:40"Андижон" – "Арқадағ" беллашувини кувайтлик ҳакам бошқаради 0 18:17"Оқ уйда катта турнир режалаштирилган". Махачев кейинги жанги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:51Нодирбек Якуббоев Жаҳон кубогини 4-ўринда якунлади 0 17:39Царукян — Хукер ҳақида: "У қўрқоқ эмас, ҳақиқий жангчи" 0 17:1740 ёшли Криштиану Роналдунинг биологик ёши 28 да 0 16:45Царукян: "Пимблетт? Биринчи рақамли даъвогар менман" 0 16:16Топурия Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида: "Балки янги оралиқ вазн ташкил этилар" 0 15:49Жаҳон кубоги. Жавоҳир Синдаров финалда иккинчи партияни якунлади 0 15:23"Йилнинг энг яхши футболчиси" мукофоти учун номзодлар маълум 0 14:44The Ring: Канело P4P рейтингида кучли ўнликни тарк этди, Бивол ва Бетербиев пастлади (ТОП-10) 0 14:20"Махачевни нокаут қилган бўлардим" - Топурия 0 13:57UFC P4P рейтинги янгиланди, Арман Царукян кўтарилди 0 13:24Исроиллик футболчига Ўзбекистоннинг иккита жамоаси қизиқишмоқда 0 12:58Авазбек Холмирзаев кейинги жангини филиппинлик спортчига қарши ўтказади 0

13 jan 07:42
Yangiliklar

Boks/MMA

Mahmud Muradov Kamaru Usman bilan sparring haqida: O'shanda yutqazmagandim

Kecha poytaxtimizda o'zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Muradov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

"Men doimo g'alaba qozonishni istayman. Ishonchim komilki, buni raqibimdan ham ko'proq xohlayman. CHunki, 1000 foiz bilaman, men unga qaraganda ko'proq ishlaganman. Men maqtanmoqchi emasman. Amerikada Kamaru Usman bilan sparring jang o'tkazganman. CHempion bilan. O'sha jangdan so'ng o'zimga "Menimcha UFCda nimadir qila olaman" deb aytganman. Avvallari ular umuman boshqacha insonlar deb o'ylardim. Ularda ham suyaklar, bosh, ikki qo'l, ikki oyog'i bor. Bir-ikki marotaba unga zarba berganman. U zarbani his qilgan. O'shanda u o'zining eng yaxshi formasida edi. CHunki, uning jangiga ikki hafta qolgandi. Sportchi jangiga buncha muddat qolganida qanday formada bo'lishini sportchilar bilishadi. Men esa jangdan so'ng dam olib yurgan paytim edi. Men Kamaru bilan jang qilganman va xech qaysi jabhada yutqazmaganman. O'shanda u chempionlik uchun davogar edi. SHundan so'ng menda ham imkoniyat borligi haqida o'ylay boshlaganman", - dedi Mahmud Muradov. 

Reyting: +2   

Fikrlar

   
13 jan 09:48:47
Adhamjon
Xozir xar qanday sportda masalan UFC daxam sportchini darajasidanxam Kora uni qaysi davlatdan ekanligi muhimroq bolib turipti da.
   
13 jan 08:53:17
javohir
Uzbek UFC ni kelajagi shu ketishda yil oxirigacha chempionlik janglarini kurarmiz.Omad barcha sportchilarimizga
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing