So’nggi yangiliklar

13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0 23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0

17 okt 10:59
Yangiliklar

Boks/MMA

Mahmud Muradov Ligasining ilk turniriga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Teglar :  Mahmud MuradovMPL
Xabaringiz bor, UFC promoushenidagi ilk jangchimiz Mahmud Muradov o'zining MPL (Muradov Professional League) ligasiga asos solgan edi.

Ushbu liganing ilk turniri poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida tashkil etiladi. Jang oqshomi 22 oktyabrga belgilangan. Milliy Olimpiya qo'mitasida mazkur oqshom oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, liga rahbari Mahmud Muradov, «Muradov Leon Team» jamoasi murabbiyi Jasur Alijonov hamda oqshom jangchilari SHohasan Mirzamatov, Bahodir Bakiev, Ramazon Temirov ishtirok etdi.

Dastlab matbuot anjumanida moderator vazifasini bajargan taniqli sharhlovchi Davron Fayziev liga va UzReport TV o'rtasida shartnoma imzolanganiligi hamda tashkilot tomonidan uyushtiriladigan barcha tadbirlar telekanal tomonidan jonli tarzda namoyish etilishini mamnuniyat ila bayon qilib, so'z navbatini Mahmud Muradovga berdi.

- Avvalo, kelganingiz uchun barchangizga rahmat aytmoqchiman. Bu tashkilotimizning ilk matbuot anjumani. Bizning ligamiz yosh sportchilarning katta tashkilotlarga o'tishida kichik trampolin vazifasini o'taydi. Biz nafaqat Toshkent, balki Nukus, Samarqand, Qo'qon, Andijon shaharlarida, umuman butun mamlakat bo'ylab jang oqshomlari o'tkazishni rejalashtiryapmiz.  

Ishtirokchilar anjumanda yig'ilgan OAV hamda muxlislarga minnatdorchilik bildirib, oqshom uchun rejalari bilan o'rtoqlashdilar.

SHundan so'ng moderator savol-javoblar qismini ochib, so'z navbatini jurnalist va muxlislarga berdi.

- Nursulton Ro'ziboev bilan shartnoma imzolanishi rejalashtirilgan edi. Ro'ziboev bilan kelishuvga erisha olmadingizmi?

- Nursulton bilan munosabatlarimiz yaxshi, afsuski, menimcha u Rossiyada jang qiladi, chunki uning Moskvadagi turnir bilan shartnomasi bor. In SHaa Alloh, uni ligamizning keyingi turnirlarida ko'rsak xursand bo'lamiz.

- Bilishimizcha, turnirdan olingan moliyaviy foyda xayriya ishlariga sarflanar ekan. Bu g'oya kimdan chiqdi?

- Bu biznes reja ham, biznes loyiha ham emas. Men avvalari CHexiyada yurgan paytlarim yosh bolalarga yordam berishni orzu qilardim. Biz jamoamiz bilan turnirdan tushgan foydani bolalar uylariga sarflashni kelishib oldik (sotilgan chiptalardan tushgan foyda nazarda tutilmoqda).

- Kechada faqat mahalliy hakamlar bo'ladimi yoki xorijlik mutaxassislar ham taklif etilganmi?

- CHet ellik xalqaro toifadagi hakamlar ham kelishadi, mahalliy hakamlar esa ularga yordam beradi.


Savollar uzoq davom etdi. O'z o'rnida Muradov liganing asosiy maqsadi, kelgusidagi rejalari va albatta o'zining qachon oktagonga qaytishi haqida gapirib o'tdi.

- Octagon League turnirlarida ishtirok etdingiz. Ushbu liga bilan jang uchun yana shartnomangiz bormi?

SHohasan Mirzamatov: Ayni paytda faqat Mahmud bilan shartnomam bor, shu shartnoma asosida ishlaymiz.

- Ramazon Temirov oldingi jangini nokaut bilan yakunlagan edi, bu jangda nechanchi raundda raqibini nokaut qilmoqchi?

- G'alaba ham, mag'lubiyat ham Allohdan. Vaziyat bo'ldimi, raqibingizni xatosini ko'rganingizda rejangizni amalga oshirasiz. Yiqilsa baxtingiz (kuladi). Bu jangda ham nokaut qilishga harakat qilamiz.

SHuningdek, jangchilarning oqshom uchun sport kiyimlari ham namoyish etildi. Kechaning to'liq kardi malum. 21 oktyabr kuni vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing