05 may 13:06
Yangiliklar
Mahmud Muradov Mangu Ligasida jang qiladimi? Sportchining o'zi javob berdi (VIDEO)
"O'zbekistonda jang qilsam ham, bu Mangu Ligasida amalga oshadi. Jasur Alijonov bilan aloqalarimiz yaxshi, gaplashib turibmiz. Xudo xohlasa, O'zbekistonda, Mangu Ligasida ham jang qilamiz. Har bir narsaning o'z vaqti bor.
Ko'pchilik "O'zbekistonga qachon kelasiz? Nega kelmayapsiz? Bironta muammo bormi?", deb so'rayapti. Yo'q, hech qanday muammo yo'q. SHunchaki hozir bor etiborimni faoliyatimga qaratganman, mashg'ulotlar qilyapman. SHu sababli hozir CHexiyadaman.
Xudo xohlasa, MPL'ni ham davom ettiramiz, rejalarimiz juda ko'p. Yana bir-ikki yil faoliyatimga etibor qaratib, janglar o'tkazib, keyin O'zbekistonga qaytaman. Turnirlar o'tkazish va O'zbekistonda bir-ikkita katta zallar ochish niyatimiz bor", dedi Muradov.
Fikrlar