21 iyu 12:25
Yangiliklar

Mahmud Muradov MPL turniridan hozirgacha qancha zarar ko'rganini ochiqladi
"Men o'zim ham aytdim, bu tarzda turnirlarni o'tkazish bo'lmaydi, deb. Sportchilik faoliyatimni davom ettirishim kerakligiga qaror qildim. Hozir yana boshlaganman sportchilik kareramni. Bir-ikki yil davom ettiraman.
Lekin Muradov Professional League'ni ham yana boshlaymiz. Bundan foyda olmadim. Taxminan 700 ming AQSH dollari minusga kirdim. Jami 9 ta turnirning o'zidan shuncha yo'qotish. Homiylar ham unchalik ko'p pul ajrata olmaydi. Bitta turnir uchun eng kamida 80-100 ming AQSH dollari atrofida xarajat ketadi.
Qo'qondagi turnirda ham juda ko'p pul ketdi. Hatto oktagonni ham Rossiyadan olib keldik. Biz qilganga yarasha yaxshi turnir o'tkazishni xohlaymiz. Markaziy Osiyoda UFC Fight Pass bilan birinchi bo'lib biz shartnoma tuzdik va bu kelishuv hozir ham amalda", dedi Muradov.
Eslatib o'tamiz, MPL o'zining so'nggi turniri bo'lmish to'qqizinchi musobaqasini 2024 yilning may oyida Toshkentda o'tkazgandi.
Fikrlar