So’nggi yangiliklar

19:19Йен Мачадо Гэрри октагонга қайтмоқда 0 18:48Хамзат Чимаев: "Мен ҳақиқий чемпионман!" 0 18:17Фабио Каннаваро: "Агар А Серия клубидан таклиф тушса, буни..." 0 17:46Фёдор Емельяненко Хабиб Нурмагомедов билан кўргазмали жангга розилик берди 0 17:15Нодирбек Якуббоев Freestyle Friday ғолиби! 0 16:44"Бизнинг ҳикоямиз ҳали тугамади". Топурия Гэтжи билан реванш ўтказиш нияти борлигини билдирди 0 16:13Романо Аргентинага қайтиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишлар фонида Мессининг келажаги ҳақида гапириб ўтди 0 15:42Илия Топурия Ислам Махачев эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 15:11Хабиб Роналдунинг терма жамоадан кетиши ҳақида: "Унга қилинган муносабатни бир сўз билан ифодалаб бўлмайди" 0 14:40Муросасиз кечаётган самбо бўйича жаҳон чемпионати беллашувларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 14:09Фабио Каннаваро: “Мақсадим ва орзуим — Италия терма жамоасини бошқариш” 0 13:38"Уни шунчалик ҳурмат қиламанки, юзига яна зарба бера олмайман" - Топурия собиқ рақиби ҳақида 0 13:07"Жастин ҳеч ким эмас. У ҳеч нарсани ҳал қилмайди". Топурия Гэтжи билан реванш ҳақида фикр билдирди 0 12:36Самбо бўйича Жаҳон чемпионатининг тантанали очилиш маросимидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:04Инфантино ЖЧ иштирокчилари сони борасида қарор қабул қилди 0

01 mar 16:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Mahmud Muradov MPL'ning keyingi turniri qachon bo'lishi, ligada ayollarning ishtiroki, qirg'izistonlik jangchining noroziligi to'g'risida gapirdi

Mahmud Muradov MPL 3 turniri haqidagi savollarimizga javob berdi.

27 fevral kuni MPL tomonidan uchinchi MMA oqshomi o'tkazildi. Liga asoschisi Mahmud Muradov turnir haqidagi ayrim savollarimizga javob berdi.

«Turnir ko'ngildagidek o'tdi. Avvaliga, hatto arenaning ayrim sektorlariga muxlislarni kiritishni reja qilmagandik. Lekin mana, ko'rib turganingizdek, butun arena muxlislar bilan to'ldi. Asosiy jang g'olibi uchun shaxsan o'zim va homiylarimiz nomidan «Spark» avtomobili berildi.

Keyingi turnimizni mart-may oylariga rejalashtiryapmiz va bu Toshkentda bo'lmaydi. Toshkentdan uzoqlashamiz. Qaerda bo'lishi hozircha malum emas. Variantlar ko'p - Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy. Lekin ko'p hududlarda arena yo'q. Ko'ryapsiz, tomosha qilish uchun ko'p odam keldi. Ming nafar muxlisga mo'ljallangan sport majmuasi kichkinalik qiladi. Keyinroq turnirlarimizni yozgi sport arenalarida o'tkazamiz.

MPL turnirlarida qachon ayollar ishtirok etadi? Qachonki, O'zbekistonda ayollar MMA'si Qozog'iston, Rossiya yoki Evropadagi kabi rivojlansa. Bizning 30 yoki 50-turnirimizda ishtirok etishlari mumkin(kuladi). 

Umar Karimov (O'zbekiston) - Altinbek Ashimbekov (Qirg'iziston)janggi haqida qanday fikrdaman? Kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. O'zim ham ko'rdim u yutqazdi. Lekin tan olmadi. Hali video qayta ko'riladi. Instagramga ham qo'yamiz, hamma uning engilganini ko'radi

Tribunaga qarang, 5 yil oldin janglarni tomosha qilish uchun shuncha odam kelganmidi? Yo'q. MMA umuman yo'q edi. Allohga shukur, bugun bizning shunday ligamiz bor, Prezidentimiz, Otabek Muhammadalievich bizga shunday sharoitlar yaratib beryaptilar. Ularga minnatdorchilik bildiraman. Biz hozir yoshlarga etibor beryapmiz, ularga motivaciya bo'lishi uchun. Biz hammaga imkoniyat beramiz», - dedi liga prezidenti Mahmud Muradov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing