06 may 12:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov taklif bo'lsa, yana UFC'ga qaytadimi? Bunga uning o'zi javob berdi (VIDEO)
O'zbekistonlik UFC sobiq jangchisi Mahmud Muradov kelgusida mazkur Ligaga yana qaytishi mumkinligi to'g'risidagi savolga javob berdi.
"SHartnoma va shart-sharoitlar qanday bo'lishiga qarab. Agar ular zaxira varianti sifatida qisqa muddatda taklif bildirishsa, aniq "yo'q" deyman. Agar ular hamma kabi, 40 ming dollar gonorar taklif bildirishsa ham javobim "yo'q" bo'ladi. CHunki men Evropadagi janglarim orqali UFC'dagidan bir necha barobar ko'p pul topaman. Agar ular menga yuboradigan taklifidagi raqamlar meni qiziqtira olsa, albatta qaytaman. Lekin afsuski, bu ro'y beradi, deb o'ylamayman. SHunday ekan, bir eshik yopilsa, bir nechtasi ochiladi. Hayot davom etadi", deydi Muradov.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar