08 iyu 00:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov tarozidan muvaffaqiyatli o'tdi FOTO
O'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov bugun o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
Octagon MMA promousheni bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan Muradov bugungi jangi oldidan tarozidan o'tish marosimida ishtirok etdi va belgilangan vazn meyorini bajardi. Mahmud 84,2 kg tosh bosdi. Raqibi esa undan 400 grammga og'irroq chiqdi.
Hamyurtimiz Octagon 12 turniri doirasida braziliyalik Uda Pereyraga qarshi oktagonga chiqadi. Mahmud shu kungacha MMAda 20 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat qayd etgan. Pereyraning bu boradagi ko'rsatkichi esa 13-3 ni tashkil etadi. Jang Slovakiyaning Bratislava shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar