13 jan 17:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov Toshkentda yosh muxlislari bilan uchrashdi + FOTO
O'zbekistonlik ilk UFC jangchisi Mahmud Muradov bugun poytaxtimizdagi 118-maktab o'quvchilari bilan uchrashdi.
"Bugun poytaxtimizdagi 118-maktab o'quvchilari bilan uchrashdim. To'g'risi, yoshlar orasida muxlislarim bu qadar ko'pligidan xursandman. Bu kabi uchrashuvlardan so'ng juda ruhlanaman. O'zbekistonda aralash jang sanatlariga qiziquvchilar ko'pchilikni tashkil etishini ko'rib turibmiz, bu esa associaciyamizning ochilishi bejiz emasligidan dalolat.
Bugun aynan associaciyamiz nomidan eng zo'r savol egalariga sovg'alar topshirdik. Sizlar bilan ko'rishish juda zavqli kechdi, buning uchun sizga katta rahmat!", - deb xabar qoldirgan Mahmud Muradov.
Havola :
Manba : instagram.com/makhmud_muradov
Fikrlar