04 jan 09:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov UFCda jang qilgan ilk o'zbekistonlik bo'lishga yaqin
Fevral oyida CHexiya poytaxti Praga shahrida ushbu mamlakat zaminidagi ilk UFC oqshomi bo'lib o'tadi.
Xabaringiz bor, bir necha yildan beri CHexiyada aralash qoidalar bo'yicha o'zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Mahmud Muradov faoliyatini olib boryapti. Hamyurtimiz XFN yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni hisoblanadi.
"CHexiyadagi ilk UFC oqshomida jang o'tkazishni juda ham istayapman. Agar bu reja amalga oshsa, u holda UFCda jang qilgan ilk o'zbekistonlik sportchiga aylanaman", - dedi Muradov.
Eslatib o'tamiz, Floyd Meyvezerga tegishli promouterlik kompaniyasi bilan shartnomasi bor Mahmud Muradov yaqinda polshalik Grjegorj Siviga qarshi oktagonga chiqib, raqibini uchinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar