25 avg 08:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradovning jangi bekor qilindi va yangi sana belgilandi. U shartnomaga imzo chekdi + FOTO
Xabaringiz bor, UFC promoushenidagi ilk jangchimiz Mahmud Muradov 17 oktyabr kuni polshalik Krishtof Jotkoga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi.
Afsuski, hamyurtimizning ushbu jangi bekor qilindi va yangi sana belgilandi. Raqib esa o'zgarmadi. Unga ko'ra Muradov 30 oktyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida Jotkoga qarshi jang o'tkazadi.
"Aziz do'stlar, nomalum sabablarga ko'ra 17 oktyabrga belgilangan jangim bekor qilindi. SHunga qaramay, menejerlarim va butun jamoam oktagonga chiqishim uchun qo'ldan kelganicha harakat qilishdi. Endi mening keyingi jangim 30 oktyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi. Qo'limda jang shartnomasi turibdi. Unga imzo chekdim. Jang sanasi o'zgargani bilan vazifa o'sha-o'sha - g'alaba!", - deydi Muradov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar