02 mar 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/29520_220.jpg)
Mahmud Muradovning jangi O'zbekistonda to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi
O'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov ertaga o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
CHexiyada o'tkaziladigan jangda sportchimizga braziliyalik Edvaldo de Olivera raqiblik qiladi.
Quvonarlisi, o'zbekistonlik muxlislarda mazkur jangni to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilish imkoniyati mavjud. Sportchining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida malum qilishicha, to'qnashuv "Sevimli" telekanali orqali translyaciya qilinadi.
Jang ertaga, 3 martdan 4 martga o'tar kechasi soat 1:15da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar