06 okt 07:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradovning ligasi UzReport TV bilan shartnoma imzoladi
UFC'chimiz Mahmud Muradovga tegishli MPL (Muradov Professional League) promousheni UzReport TV bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi.
Bu haqda sportchimizning o'zi Instagram tarmog'i orqali xabar bermoqda. Muradovga ko'ra, tashkilot tomonidan uyushtirilgan MMA kechalari ushbu telekanal orqali jonli tarzda efirga uzatiladi.
«Bugun bizning MPL UzReport TV telekanali bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Bundan buyon legionimizning barcha janglari ushbu telekanal orqali jonli efirda namoyish etiladi. Men bunday hamkorlikdan xursandman, chunki bizning umumiy maqsadimiz bor: sportni va xususan MMAni mamlakatimizda ommalashtirish», - deya post qoldirdi Muradov tegishli suratni ilova qilib.
Eslatib o'tamiz, Liganing ilk turniri Toshkentda 22 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar