01 fev 16:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Makabu o'z vatanida WBC chempionlik kamariga ega chiqdi
Kongo Demokratik Respublikasida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangida mezbon bokschi Ilunga Makabu birinchi og'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan WBC chempionlik kamari uchun ringga ko'tarildi. Uning raqibi polshalik bokschi Mixal Ceslyak bo'ldi.
CHempionlik jangi to'liq 12 raund davom etdi va yakunda Makabu hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra 116-111, 115-111, 114-112 hisoblarida g'alaba qozondi. To'rtinchi rundda Ceslyak, beshinchi raundda esa Ilunga nokdaun holatiga tushib qolgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar