30 iyu 08:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor - Aldo revansh jangi o'tkazilishi mumkin, birinchisi 13 soniya davom etgan
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning UFC 244 turniri doirasida oktagonga chiqishi kutilmoqda.
Irlandiyalik sportchining raqibi braziliyalik Joze Aldo bo'lishi mumkin. UFC 244 turniri noyabr oyida AQSHning Nyu-York shahrida o'tkaziladi. Har ikki jangchi ham bu taklifga rozilik bergan.
Malumot uchun, Konor va Aldo o'rtasidagi ilk jang 2015 yilning dekabr oyida o'tkazilib, muddatidan ancha avval yakunlangan edi. O'sha jangning 13-soniyasida Konor Jozeni nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar