09 mar 15:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor avtobusga hujum qilgani uchun belgilangan jazoni to'liq o'tadi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o'zi uchun belgilangan jazoni o'tab bo'ldi.
Yodingizda bo'lsa, o'tgan yilning aprel oyida Nyu-York sudi tomonidan irlandiyalik jangchini UFC sportchilari joylashgan avtobusga hujum qilgani uchun jazo sifatida jamoat ishlariga majburiy tarzda yo'naltirilgan edi.
TMZ xabariga ko'ra, Konor 5 kun davomida o'zini nazorat qila olish bo'yicha ham kurslarni o'tagan. Odamlarning etiborini o'ziga tortmaslik uchun Makgregor jazoning ikki kunini Bruklindagi cherkovda o'tkazgan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar