16 apr 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor begona mashinada suratga tushgani uchun jazolanishi mumkin (FOTO)
UFC jangchisi Konor MakGregor Rolls-Royce avtomobiliga chiqib olib, suratga tushgani uchun jarima to'lashi mumkin.
MakGregor o'tgan haftada dam olish kunlarini Liverpulda o'tkazgan va o'z instagramiga avtomobilni ustiga chiqib olgan suratini joylashtirgandi.
Malum bo'lishicha, ushbu mashina yuqori klass mashinalarini ijaraga beruvchi firmaga tegishli bo'lgan. Avtomobilning narxi 240 000 ming funt sterling hisoblanadi. Ayni paytda, kompaniya ushbu mashinaga etkazilgan zararni hisoblab chiqmoqda.
"U huddi o'z mashinasiga chiqib olgandek turibdi, lekin mashina o'ziniki emas", - deydi kompaniya vakili.
Havola :
Manba : Bloodyelbow
Fikrlar