15 noy 16:54
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor "Bellator 187"dagi qilgan ishi uchun uzr so'radi
UFC jangchisi Konor MakGregor Dublinda bo'lib o'tgan "Bellator 187" turnirida qilgan ishi uchun kechirim so'radi.
U jangdan so'ng jamoadoshi g'alabasini nishonlash uchun oktagonga yugurib chiqqan va yakunda referi bilan janjallashib ketgandi.
"Men Dublinda qilgan ishim uchun afsuslanaman. Do'stimni qo'llab-quvvatlash uchun o'zimga erk berib yubordim. UFC chempioni hisoblanaman. O'zimga yarashadigan ish qilishim kerak edi.
Ushbu ishim uchun kechirim so'rayman. Men doimo xatolardan saboq chiqaraman", - deydi MakGregor.
Havola :
Manba : instagram.com/thenotoriousmma
Fikrlar