05 apr 17:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor bu yil aniq jang qiladi
UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, divizionning amaldagi chempioni Konor MakGregor Xabib Nurmagomedov va Maks Xollouey jang o'tkazadigan UFC 223 turniriga tashrif buyurmaydi.
"U kelmaydi. Albatta, janglarni tomosha qilish uchun kelganida yaxshi bo'lardi. Barchaga malumki, ushbu jang Konor uchun ham muhim. Ammo, u jangga kelmaydi.
SHunisi aniqki, u bu yil aniq jang o'tkazadi. Voqealar rivojini kuzatamiz va shunga qarab rejalar tuzamiz", - dedi Dana Uayt.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov va Maks Xollouey jangi 7 aprel, Toshkent vaqti bilan esa 8 aprel kuni tongda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar