23 jan 14:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor Diasga qarshi trilogiyaga "Ha" deya javob berdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor eski tanishi Neyt Dias bilan uchinchi jangni o'tkazish istagida ekanligini malum qildi.
"Neyt, men tayyorman. Senchi? Kel, muxlislarga trilogiyani taqdim etamiz", - deya Makgregorning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda MMA Fighting.
Eslatib o'tamiz, avvalgi ikki jangda tomonlar bittadan g'alabaga erishishgan. 2016 yilning martida Neyt muddatidan oldin g'alaba qozongan bo'lsa, o'sha yilning avgustida Konor ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgan edi. Aynan Dias Makgregorga UFCdagi ilk mag'lubiyatni taqdim etgan.
Havola :
Fikrlar