22 mar 19:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor dopingga tushgan Dillashouni ilonga qiyosladi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor doping aniqlangan Ti Jey Dillashou haqida fikr bildirdi.
Dillashou doping-testdan o'ta olmaganidan keyin o'z xohishiga ko'ra UFC chempionlik kamarini vakant, yani egasiz qoldirgandi. Makgregor bu holatga baho berar ekan, Dillashouni ilonga qiyosladi.
"Men avval ham aytganman, yana takrorlayman: Ti Jey kichik ilon. Men esa Avliyo Patrikman", - deya o'zining twitter sahifasida xabar qoldirgan Makgregor.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar