06 mar 11:37
Yangiliklar
Boks/MMA

“Makgregor faqat markaziy jangda oktagonga chiqmoqchi”
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor oqshomning faqat markaziy jangida oktagonga chiqar ekan.
Qolgan ikkinchi darajali janglar irlandiyalik sportchini qoniqtirmaydi va u bunga rozi ham bo'lmaydi. Bu haqda UFC sharhlovchisi Jo Rogan xabar berdi.
“UFC rahbari Konorning Donald Serronega qarshi jangini o'tkazish bo'yicha ish olib bordi. Lekin tashkilotchilarning rejasiga ko'ra bu jang oqshomning ikkinchi darajali jangi bo'lishi kerak edi. Makgregor esa hech qachon ikkinchi bo'lishga rozilik bermaydi. Men buni juda yaxshi bilaman. Kechaning markaziy jangi esa chempionlik maqomida bo'lishi kerak. Aynan shu sabab bilan Konorning Serronega qarshi jangi o'tkazilmaydi”, - dedi Jo.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar