18 mar 08:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor iyul oyida jang o'tkazishini elon qildi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor mashg'ulotlarda zo'r berib ishlayapti.
Bu bejiz emas, albatta. Irlandiyalik sportchi ayni paytda UFC rahbarlari bilan muzokara olib boryapti. Reja bo'yicha u iyul oyida oktagonga qaytadi.
“Hozirda biz UFC bilan muzokara o'tkazyapmiz. SHaxsan o'zim iyul oyida jang o'tkazish istagidaman. Keling, muzokaralar qanday yakunlanishini kutamiz. Ungacha aniq bir sana va raqib haqida malumot bera olmayman.
Mashg'ulotlarni bir kun ham qoldirmayapman. Masalan, bugungi kun kross, yani yugurish mashg'ulotiga ataldi. Xatto mehmonxona sport zalida ham shug'ullanyapman”, - dedi Makgregor.
Havola :
Fikrlar