26 mar 08:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor koronavirusga qarshi kurash uchun million evro ajratdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun o'z xissasini qo'shdi.
U Irlandiyada koronavirusga qarshi kurash akciyasiga qo'shildi va buning uchun bir million evro xayriya qildi. Ushbu summaning katta qismi Irlandiya sharqidagi Lenster viloyatiga yo'naltiriladi. Aynan Lenster virus eng ko' tarqalgan hudud hisoblanadi.
Makgregor Twitter sahifasida Irlandiya moliya vaziri Paskal Donoxo bilan ushbu mavzuda muloqot qilgan.
"Koronavirusdan individual himoya vositalari, Lensterdagi shifoxonalarni zarur tibbiyot uskunalari bilan taminlash uchun bir million evro miqdorida pul ajratdik", - deydi Konor.
Havola :
Fikrlar