08 noy 16:22
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor o'zi o'tkazib yuborgan eng kuchli zarba qaysi ekanligini aytdi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Konor MakGregor faoliyati davomida faqatgina bir marotaba kuchli zarba o'tkazib yuborganini aytib o'tdi.
"Men 29 yoshdaman, shu paytgacha ko'p narsa ko'rdim. Lekin, bularning barchasi oson bo'lmagan. CHunki, oson bo'lmagan ishlarni amalga oshirdim. Ko'p ishlaganman. Lekin, boshqa sportchilar bilan taqqoslaydigan bo'lsak, menda deyarli jarohat yo'q.
Bir marotaba "sovug'idan" eganman. Meyvezerga qarshi jangda shunchaki charchab qolgandim. O'sha jangda ko'zlarim oldida umuman yulduzchalarni ko'rmaganman. Faqatgina, Diasga qarshi bo'lgan birinchi jangimda men kuchli zarba qabul qilib olganman. Bo'ldi. Faoliyatim davomidagi eng kuchli va og'ir zarba o'sha bo'lgan. Zarbalar o'tkazib yuborish bo'yicha hali "yoshman", shuning uchun faoliyatimni davom ettiraman", - deydi MakGregor.
Havola :
Manba : AllBoxing
Fikrlar