15 jan 08:40
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor Pakyaoni jangga chorladi
Irlandiyalik MMAchi Konor MakGregor filippinlik Menni Pakyaoga qarshi jang qilib, boks bo'yicha jahon chempioni bo'lmoqchi ekanligini aytdi.
"Menni Pakyao bilan jang qilish bo'yicha taklif bor. Bu bizdan chiqdi. Ular o'ylashmoqda. Hozircha buning vaqti emasligini aytishdi. Lekin, jang tashkil qilinishi uchun imkoniyatlar yaxshi.
Men Pol Malinyaji bilan ham jang qilishim mumkin edi, ammo bu qiziq emas. CHunki, uni osonlik bilan nokautga uchrataman. Men hali aniq boks qoidasi asosida jang o'tkazaman. Boks bo'yicha jahon chempionligi kamarini qo'lga kiritaman", - dedi MakGregor.
Eslatib o'tamiz, Konor 18 yanvar kuni Las-Vegasda Donald Serronega qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Manba : ESPN US
Fikrlar