16 jan 12:51
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor Serroneni nokaut qilishga vada berdi
Irlandiyalik MMAchi Konor MakGregor Donald Serroneni nokaut qilmoqchi.
"Men bu erga, Amerika zaminiga qaytishimdan xursandman. Bu erda bo'lish men uchun sharaf. Bungacha menda Donald bilan muammo bo'lgan, lekin o'shandan buyon ko'p narsa o'zgardi. U meni hurmat qiladi.
Qon to'kiladi, ammo u yomon qon bo'lmaydi. O'zimni ushbu vaznda yaxshi his qilyapman. Muxlislarni xursand qilish menga yoqadi. Ushbu vaznda katta janglar o'tkaziladi. Men ham bunga tayyorman.
Men Donaldni xuddi bolalar kitobini o'qigandek o'qishim mumkin. Uning barcha ayyorliklarini bilaman. O'zimga ishonchim yuqori, uni nokaut evaziga mag'lub etishga vada beraman", - dedi MakGregor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar