24 dek 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor: "Sog' ekanman, jang qilishda davom etaveraman"
UFC chempioni Konor MakGregor qachon faoliyatini yakunlashi haqida gapirdi.
"Men faoliyatimni yakunlash haqidagi qarorga zarba o'tkazib yuborish tomondan qarayman. Qancha zarba o'tkazib yubordim? Miyam qanday holatda? Ruhiy holatim qanday? Mashg'ulotlarim yaxshimi? Och qolyapmanmi? Mana men qanday tamoyillarga qarab faoliyatimni davom ettiraman yoki qancha vaqtim qolganini aniqlayman.
Pu men uchun eng asosiysi emas. Men janglarga qiziqyapman. Urishishni istayman. Sog' ekanman, bu ishni qilaman. Ammo, ahmoq emasman. O'zimda o'zgarishlar bo'lishi bilan buni to'xtataman.
Bu xavfli biznes. Buni tushunaman. Baxtimga endi boyman. Jang qilishimga hojat ham yo'q. Buni faqatgina yakkakurashlarga bo'lgan mehrim sababli amalga oshiraman", - dedi MakGregor.
Havola :
Manba : MMAMania
Fikrlar