05 dek 13:40
Yangiliklar

Makgregor UFC 229 ishi bo'yicha o'tkaziladigan “sud”ga bormoqchi emasmi?
Bundan bir necha kun avval aynan 10 dekabrga Nevada shtati Sport qo'mitasining Konor Makgregor va Xabib Nurmagomedov ishi bo'yicha yakuniy yig'ilishi o'tkazilishi belgilangan edi. Ushbu yig'ilishda sportchilarga nisbatan jazo elon qilinishi ko'zda tutilgandi.
Makgregor Nevada shtati Sport qo'mitasiga murojaat qilib, malum sabablarga ko'ra yig'ilishga kela olmasligini aytgan va bunga ruxsat so'ragan. Endi 10 dekabr kungi majlisda birgina Xabib Nurmagomedov ishtirok etadi.
Rossiyalik jahon chempioni UFC 229 turniridan keyin yuzaga kelgan janjal yuzasidan so'roq qilinadi. Ikkala sportchi ham vaqtinchalik janglarda ishtirok etishdan chetlatilgan. Nurmagomedovga vada qilingan gonorarning bir qismi ham ushlab turilibdi.
Etiborga molik jihati shundaki, 10 dekabr kuni belgilangan vaqtda qo'mita rahbari bo'lajak yig'ilishda har ikki sportchining ishtirok etishi majburiy ekanligini aytgan bu haqda ulani ogohlantirgan edi.
Fikrlar