28 mar 15:08
Yangiliklar
Makgregor UFC’da yana bir o'ziga xos rekord egasiga aylandi
Uch oy ichida Konor Makgregor ettita doping tekshiruvidan o'tdi va joriy yilning eng ko'p tekshirilgan UFC jangchisiga aylandi. UFC dopingga qarshi dasturining rasmiy saytida elon qilingan hisobotga ko'ra, tashkilotning 655 jangchisining aksariyati faqat bitta tekshiruvdan o'tgan va ularning hech biri uch martadan ortiq tekshirilmagan.
Ushbu statistika irlandiyalik jangchi haqiqatan ham faoliyatini davom ettirmoqchi ekanligini tasdiqlaydi va mish-mishlarga ko'ra, uning oktagonga qaytishi 11 iyul kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan va har yili o'tkaziladigan Xalqaro janglar haftaligini yakunlaydigan raqamli turnirda bo'lib o'tadi.
Sport sharhlovchisi Ariel Xelvani malumotlariga ko'ra, Konor Makgregorga qarshi jang uchun asosiy nomzod yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni va BMF chempionligining sobiq egasi Maks Xollouey bo'lib turbidi.

Fikrlar