16 jan 09:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor va Serrone jang oldidan ko'z urishtirishdi + FOTO
Xabaringiz bor, 18 yanvar (Toshkentda 19 yanvar tongi) kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha uzoq kutilgan UFC 246 turniri bo'lib o'tadi.
"T-Mobile Arena"da o'tadigan oqshomning markaziy jangida ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor hamda amerikalik Donald "Kovboy" Serrone o'rtasida o'tkaziladi.
Bugun tong saharda har ikki sportchi bo'lajak jang oldidan ilk ko'z urishtirish marosimida yuzma-yuz kelishdi. SHuningdek, ular ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etildi. Jangchilar bir-birlariga qo'l berib, omad tilashgan.
Havola :
Fikrlar