04 may 17:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor viski savdosidan 1 mlrd dollar ishlab topdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o'z brendi ostida ishlab chiqarayotgan viskisining muvaffaqiyatli savdosi haqida gapirdi.
Irlandiyalikning aytishicha, viski bozorida yangi qirol paydo bo'lgan va u aynan o'zi ekan.
Konor Instagram sahifasiga surat joylab, uning tagiga viski mavzusi bo'yicha xabar qoldirdi:
“Birinchi yilgi savdodan 1 milliard dollar ishlab topdim. SHaharda yangi qirol paydo bo'ldi. Proper No. Twelve, suyuq quyosh”.
Makgregor o'z viskisiga “Suyuq quyosh” degan tarifni bergan.
Havola :
Fikrlar