15 fev 17:49
Yangiliklar

Makgregor Xabibni qo'llab-quvvatlagan Fyuri haqida keskin fikr bildirdi
Avvalroq, Konor Makgregor Fyurini sobiq UFC jangchisi, rossiyalik Xabib Nurmagomedovni qo'llab-quvvatlagani uchun tanqid qilgan edi. Fyurining irlandiyalik jangchiga javobi quyidagicha bo'lgan edi: "Qariyalarni kaltaklaydigan va hech kimga yoqmaydigan bezori".
"O yo'q, odamlar meni yoqtirmaydi. Mening nima ishim bor? Xa-xa-xa-xa, ahmoq. Sen shunchaki, ahmoqsan, hammasi shu.
Xabibning eshagini o'pishni yodingdan chiqarma. Sen buni aniq yodingdan chiqargansan", — deb yozgan Makgregor "Twitter" sahifasidagi keyinchalik o'chirib yuborgan postida.
Makgregor o'zining so'nggi jangini UFC 264 turniri doirasida Dastin Porega qarshi o'tkazgan edi. Jang birinchi raundda, Makgregor oyog'ini sindirib olgani oqibatida Pore g'alabasi bilan yakunlangan. Hozirgi vaqtda irlandiyalik jangchi tiklanish ishlarini davom ettirmoqda.
Fikrlar